Venesiyada sodir bo`lgan avtohalokat natijasida kamida 21 kishi halok bo`ldi, yana 15 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Ansa. Shifokorlar besh qurbonning ahvolini og`ir deb baholamoqda.
Mestre hududida sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yo`l o`tkazgichdan qulab tushdi, panjarani buzib o`tib ketdi va yonib ketdi. Metan solingan tank portladi. Salonda Germaniya, Fransiya, Ukraina va Xorvatiya fuqarolari ham bo`lgan. Italiyalik haydovchi vafot etdi.
Venesiya prokuraturasi avtohalokat yuzasidan tergov boshladi. Falokatning dastlabki versiyasiga ko`ra, haydovchining sog`lig`ida muammolar bo`lgan. Voqea joyida bo`lgan shahar polisiyasi vakili jurnalistlarga haydovchining tormozlashga urinayotgani alomatlarini ko`rmaganini aytdi. Halokatga uchragan avtobus butunlay yangi edi.






