AsosiyJamiyat

Prezident Eronga rasmiy tashrif bilan jo`nab ketdi

'Prezident Eronga rasmiy tashrif bilan jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.

Bugun Eron poytaxtida davlatimiz rahbari Prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o`tkazadi. 

Bo`lajak oliy darajadagi muzokaralarda mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo`nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari ko`rib chiqiladi. Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

    Boshqa yangiliklar