”O`zavtosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi Ulug`bek Ro`zuqulov O`zbekiston gimnastika federasiyasi raisi etib saylandi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.
Shanba kuni MOQda bo`lib o`tgan federasiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida federasiya bosh homiysi hisoblangan kompaniya rahbari nomzodi bir ovozdan ma`qullandi.
U. Ro`ziqulov bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, Prezidentimizning “Gimnastika sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash, mavjud muammo va masalalarni hal etish, gimnastika rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo`lida bor kuch-g`ayratini safarbar qilishini ta`kidladi. Shuningdek, u hududlarga e`tiborni yana-da kuchaytirish, viloyatlardagi moddiy-texnik bazani kuchaytirish, sportchilarni har tomonlama rag`batlantirish kabi masalalarga ham to`xtaldi.






