AsosiyJamiyat

Davlat granti bo`yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

'Davlat granti bo`yicha qabul kvotalari tasdiqlandi'ning rasmi

Prezident farmoni bilan "2023/2024 o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida"gi  qarori qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024 o`quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

  • bakalavriat bo`yicha kunduzgi ta`lim shakliga – 34 860 nafar;
  • magistratura bo`yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, tizimida OTM bo`lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023 yil 20 iyungacha tasdiqlaydi. 

    Boshqa yangiliklar