AsosiyJamiyat

17-19 iyun kunlari O`zbekistonda havo +45 darajagacha isiydi

'17-19 iyun kunlari O`zbekistonda havo +45 darajagacha isiydi'ning rasmi

O`zgidromet direktori O`zbekiston janubida +45 darajagacha yuqori issiqlikdan ogohlantirdi. Bu haqda u o`zining  feysbuk sahifasida ma`lum qildi.

 O`zbekiston 17-19 iyun kunlari yuqori issiq harorat ta`sirda bo`ladi. Respublika bo`ylab kunduz kunlari +40 +41 darajali issiqliklar, janubda +45 darajagacha yuqori harorat saqlanadi. 

19 iyundan shimolda, 20 iyundan respublikaning boshqa hududlarida havo harorati oldingi jazirama kunlaridan 4-6 darajaga pasayadi. 

Salqin havo oqimining kirib kelishi, 18-20 iyun kunlari tog` va tog` etaklarida kuchli yog`inlar, do`l hodisalarini "chaqirishi" mumkin.

    Boshqa yangiliklar