“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ 30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlarga chegirma e`lon qildi.
Unga ko`ra, 30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan e`lon qilingan “Yoshlar oyligi”da yoshlarga 30 iyun sanasiga qadar O`zbekiston bo`ylab sayohat qilishlari uchun temir yo`l chiptalariga 15 foiz chegirmalar belgilandi. Chegirmali chiptalarni temir yo`l chiptaxonalarida rasmiylashtirish mumkin.
“Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.






