AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda to`y kortejida guruh-guruh bo`lib harakatlangan qoidabuzar haydovchilar qamaldi (video)

'Qashqadaryoda to`y kortejida guruh-guruh bo`lib harakatlangan qoidabuzar haydovchilar qamaldi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda to`y kortejida guruh-guruh bo`lib harakatlanib, yo`llardagi qatnovga xalaqit bergan haydovchilar aks etgan video tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyati IIBning xabariga ko`ra, ushbu holat joriy yilning 4 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida sodir bo`lgan.

Aniqlanishicha, 10dan ziyod avtomobil haydovchilari transport vositasining davlat raqam belgisini o`zboshimchalik bilan echib, guruh-guruh bo`lib harakatlangan. To`y korteji hosil qilib harakatlangan haydovchilar har xil manyovrlar hosil qilgan va qarama qarshi yo`nalishda harakatlangan.

Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan.

Natijada haydovchilar aniqlanib, avtomobillari vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Ushbu holat MJtKning tegishli moddalariga asosan, JIB Shahrisabz shahar sudida ko`rib chiqilgan.

Unga ko`ra, ushbu haydovchilar MJtKning 183-moddasi, 125-modda 5-qismi, 128-modda 2-qismi,135-modda 2-qismi, 129-modda 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Qoidabuzar haydovchilarga nisbatan 5 va 7 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar