AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari kuzatilishi mumkin bo`lgan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'Dam olish kunlari kuzatilishi mumkin bo`lgan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati ushbu davr uchun iqlimiy me`yorlardan +5...+8 darajaga yuqori bo`ladi.

Kunduzi havo harorati +38...+41 daraja, janubda va cho`l hududlarining ba`zi joylarida +42...+43 daraja bo`ladi.

Shimolda va cho`l hududlarning ba`zi joylarida shamol tezligi soatiga 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo ochiq bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol tezligi soatiga 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +38...+40 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar