Bugun hududlarda ta`mirlash ishlari olib borilayotganiligi sababli Toshkent shahrining ayrim manzillarida elektr ta`minoti vaqtincha o`chirildi.
Ular:
- Yashnobod tumani – “Arg`in” hamda “Bahor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
- Yunusobod tumani – Markaz 6-dahasi, “Registon” va “Qo`shchinor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;
- Chilonzor tumani – “Dilxush” hamda “Qatortol” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so`ragan.






