AsosiyJamiyat

Xitoyda XIX Osiyo o`yinlari alangasi rasman yoqildi

'Xitoyda XIX Osiyo o`yinlari alangasi rasman yoqildi'ning rasmi

Payshanba kuni Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi qadimiy Lyanchju shahrida XIX Osiyo o`yinlari alangasi yoqildi, deya xabar beradi  Osiyo o`yinlari-2022 tashkiliy qo`mitasi.

2022 yilgi Osiyo o`yinlari alangasi bugun Xitoy sharqidagi, Chjeszyan provinsiyasidagi qadimiy Lyanchju shahrida yoqildi. Bu - XIX Osiyo o`yinlari ochilishiga 100 kun qolganini bildiradi.

O`yinlar 2023 yil 23 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Xanchjou shahrida bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, XIX Osiyo o`yinlari 2022 yil 10-25 sentyabr kunlari bo`lib o`tishi kerak edi. Keyinchalik, 2023 yil kuzga o`zgartirildi.

Osiyo o`yinlari Xitoyda uchinchi bor o`tkaziladi. 1990 yilda musobaqa Pekinda, 2010 yilda Guanchjouda bo`lib o`tdi.

Xanchjoudagi o`yinlarning sport dasturiga 40 ta sport turi, 61 ta yo`nalish va 483 ta tadbir kiritilgan. Kibersport va breyk-dens musobaqalari Osiyo o`yinlarida ilk bor o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar