Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Xalqaro boks federasiyasi (IBF) o`zining yangilangan reytingini e`lon qildi.
Super yarim o`rta vaznda (69,8 kg) Isroil Madrimov ilk bor reytingga kiritilib 8-pog`onaga loyiq ko`rilgan. Super engil vaznda (63,5 kg) Shohjahon Ergashev o`zgarishsiz, 3-pog`onada bormoqda. Yarim engil vaznda (57,2 kg) o`tgan oyda 6-o`rinda qayt etilgan Otabek Xolmatov bu safar reytingga kiritilmagan bo`lsa, birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev 7-o`rindan 3-o`ringa ko`tarilishga erishdi.
Ushbu yo`nalish reytingidan boshqa o`zbek bokschilari o`rin olmagan.






