AsosiyJamiyat

Farg`onadagi 350 ta maktab to`liq ta`mirlanadi

'Farg`onadagi 350 ta maktab to`liq ta`mirlanadi'ning rasmi

O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev farg`onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog`ida ta`limga oid rejalar haqida to`xtaldi.

“Farg`ona viloyatida maktabgacha ta`limga bo`lgan ehtiyoj 100 foizga qoplanadi. Buning uchun 2 mingta yangi davlat va xususiy bog`chalar tashkil etiladi.

 

2030 yilga qadar, zamonaviy maktablar barpo etish, mavjudlarining quvvatini oshirish, xususiy sektorni qo`llab-quvatlash hisobiga qo`shimcha 125 ming o`quvchi o`rni yaratiladi. Natijada, mavjud quvvatlarga nisbatan 2 baravar ko`p o`quvchiga ega bo`lgan 175 ta maktab yuklamasi kamaytiriladi”, — dedi nomzod.

Shu bilan birga, viloyatdagi 350 ta maktab to`liq ta`mirlanadi.

Bundan tashqari, barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlanadi.

    Boshqa yangiliklar