AsosiyJamiyat

Toshkentdagi klinikada homilador shifokor boshlig`i tomonidan kaltaklandi (video)

'Toshkentdagi klinikada homilador shifokor boshlig`i tomonidan kaltaklandi (video)'ning rasmi

Toshkentdagi klinikada shifokor bo`lib ishlaydigan homilador ayol boshlig`i tomonidan kaltaklanganidan so`ng, bolasi tushib qolgani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. 

Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 14 iyun kuni taxminan soat 18:00 larda Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan klinika binosida, 1982 yilda tug`ilgan K.A. va 1982 yilda tug`ilgan U.X. o`zaro ish faoliyati yuzasidan tortishib qolib, janjallashib ketgan. Janjal natijasida fuqaro K.A. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar