AsosiyJamiyat

Nukusda 27 yoshli ayol o`zini 4-qavatdan tashlab, vafot etdi

'Nukusda 27 yoshli ayol o`zini 4-qavatdan tashlab, vafot etdi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda 27 yoshli uy bekasi o`zini 4-qavatdan tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 12 iyun kuni soat 06:00larda M.A. o`zi yashab kelayotgan Nukus shahridagi ko`p qavatli uyning 4-qavatidan qulab, jonsiz holda topilgan.

Nukus shahar prokuraturasi tomonidan o`tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.A.ning o`lim sabablarini aniqlash yuzasidan zarur ekspertizalar tayinlangan.

Tekshirishda aniqlangan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, marhuma M.A. fuqaro B.U. bilan 2017 yil yanvar oyida qonuniy turmush qurib, nikoh davrida 2018 va 2021 yillarda o`g`il va qiz farzandlarni dunyoga keltirgan.

2022 yil sentyabr oyida esa marhumaning 2 nafar egizak chaqaloqlari kasallikdan nobud bo`lganligi sababli, ruhiyatida o`zgarish (jizzaki, odamovi) bo`lib qolgan.

Marhumaning turmush o`rtog`i B.U. o`sha kuni ertalab soat 05:40 larda uyqudan turganida turmush o`rtog`i M.A.ni uyda yo`qligini bilib, tashqariga chiqqanida uyi oshxonasi derazasi ostida hushsiz holatda topib, tez yordam va yaqinlariga qo`ng`iroq qilib xabar bergan.

 

    Boshqa yangiliklar