AsosiyJamiyat

Uchta viloyatda quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

'Uchta viloyatda quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi'ning rasmi

Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023 y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish bo`yicha investisiya loyihalari amalga oshiriladi:

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati  

400 MVt bo`lgan;

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati  

500 MVt bo`lgan;

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt bo`lgan.

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt bo`lgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.  

Mazkur investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:

-Investisiya bitimlari tasdiqlanadi;

-Elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitimlar ma`qullanadi.

Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan er uchastkalari uchun to`lanadigan ijara to`lovi miqdori er solig`i miqdoriga tenglashtiriladi. 

    Boshqa yangiliklar