AsosiyJamiyat

O`zbekistonning bir qator elchixonalarida transport masalalari bo`yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

'O`zbekistonning bir qator elchixonalarida transport masalalari bo`yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi'ning rasmi

"Ma`muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident Farmoni (PF–94-son, 14.06.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Farmonga ko`ra, Transport vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etildi:

 Transport nazorati inspeksiyasi;

 Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;

 O`zbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashi.

Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temir yo`l, suv, elektr transporti, metropoliten va yo`l xo`jaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Transport nazorati inspeksiyasiga o`z vazifalarini amalga oshirishi uchun quyidagi vakolatlar beriladi:

➖ avtomobilda yuk va yo`lovchi tashish, temir yo`l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo`l xo`jaligi sohasida ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish va ma`muriy jazo choralarini qo`llash;

➖ avtotransport vositasida yuk va yo`lovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo`lovchi tashishni nazorat qilish bo`yicha stasionar va mobil postlarda tekshirish uchun to`xtatish.

O`zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Latviya Respublikasidagi elchixonalarida transport masalalari bo`yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.

2023 yil 1 sentyabrgacha jamoat transportida tashuvlar sifatini yaxshilash va xizmatlar jozibadorligini oshirish hamda sog`lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashuvchilar reytingini joriy etish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar