AsosiyDunyo

Bayden Ukraina kompaniyasidan pora olgan — Tramp

'Bayden Ukraina kompaniyasidan pora olgan — Tramp'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning ta`kidlashicha, amaldagi Oq uy rahbari Jo Bayden vise-prezident lavomida ishlagan paytida Ukrainaning “Burisma Holdings” energetika kompaniyasidan pora olgan. Tramp Nyu-Jersi shtatida tarafordorilari oldida chiqish qilayotib, shunday bayonot berdi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Sobiq prezidentning so`zlariga ko`ra, unga nisbatan e`lon qilingan ayblovlar “haqiqiy josuslik va haqiqiy jinoyatlardan” diqqatga chalg`itishga urinishdir.

“Keling, til biriktiramiz va hech kim besh million dollar miqdordagi pora haqida gapirmasligi uchun unga qarshi ayblov qo`yamiz”, — dedi Tramp.

Shuningdek, siyosatchi avvalroq amerikalik senator Chak Grassli FQBda Baydenning Ukraina energetika kompaniyasidan pora olganligiga aloqador dalillar borligini aytganini eslatdi. Trampning so`zlariga ko`ra, ammo FQB bu ma`lumotlarni oshkor qilmayapti.

    Boshqa yangiliklar