Ko`p yillik qidiruv ishlaridan keyin Egey dengizida Buyuk Britaniyaning "HMS Triumph" suv osti kemasi topildi. Submarin Ikkinchi jahon urushi paytida, 1942 yil ekipaji bilan birga g`oyib bo`lgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
1937 yil foydalanishga topshirilgan ushbu transport urushda juda ko`p vazifani bajargan. Jumladan, britaniyalik askarlarni Gresiyadan Yaqin Sharqqa ko`chirishda ishtirok etgan. Germaniya Gresiyaga bostirib kirganda orolni qo`riqlagan. Kema 1942 yil 23 yanvarda dom-daraksiz yo`qolgan.






