Qo`qondagi savdo komplekslarida sodir bo`lgan yong`in bo`yicha Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov o`zining telegramdagi rasmiy sahifasida ma`lum qildi. Unga ko`ra, hozirda Farg`ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
13.06.2023 09:54
Qo`qondagi savdo komplekslarida sodir bo`lgan yong`in bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi






