Bog prokuratura Dang`ara tumani Tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi qo`lga tushgani haqida xabar bermoqda.
Unga ko`ra, Bosh prokuratura Departamentning Dang`ara tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Dang`ara tumani Tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi M.A. fuqaro A.T.ning ov qilish taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan noqonuniy baliq ovlaganligi holati bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va olib qo`yilgan pnevmatik qurolni egasi U.R.ga qaytarib berish evaziga o`z xizmat xonasida 1 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.






