AsosiyJamiyat

Bugun havo harorati 41° gacha ko`tariladi

'Bugun havo harorati 41° gacha ko`tariladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 40-41° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 37-39° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momqaldiroq bo`lishi mumkin,  ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi, do`l bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar