Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga arilar bostirib kirishi sababli parvozlar qoldirilmoqda. Bu haqda 112 Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg—Qozon yo`nalishi bo`yicha parvozni keyinga qoldirishga to`g`ri kelgan, chunki yo`lovchilar o`tishi kerak bo`lgan yo`lakni arilar galasi qoplagan.
Aeeroport xodimlari bunday sharoitda odamlarni samolyotga qo`yish xavfli deb hisobladi.
Shu sababli muammo bartaraf etilmaguncha parvoz kechiktirildi. Sankt-Peterburg—Moskva reysini ham kechiktirishga to`g`ri keldi.
Mutaxassislar asalarilarni haydab chiqarishga harakat qilmoqda.






