AsosiyJamiyat

“Yangi O`zbekiston” bog`ida Hunarmandlar maskani barpo etiladi

'“Yangi O`zbekiston” bog`ida Hunarmandlar maskani barpo etiladi'ning rasmi

“Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–91-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda O`zA yozmoqda. 

➖Farmonga ko`ra, 2025 yil 1 yanvargacha “Xalq amaliy san`ati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun:

➖kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizasiya qilishdan tushgan tushumning 100 million so`mdan oshgan, biroq 1 milliard so`mdan ko`p bo`lmagan miqdori bo`yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

➖tovar belgilarini milliy ro`yxatdan o`tkazish bepul amalga oshiriladi.

➖2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag`larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo`yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

➖Kasanachilikni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi etib qayta nomlandi va 2023 yil 15 iyundan hunarmandchilikni moliyaviy qo`llab-quvvatlash choralari Jamg`arma mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

➖Hunarmandchilik va kasanachilikni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo`llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar ro`yxati tasdiqlandi.

2023 yil 1 iyuldan: 

➖hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kurerlik jo`natmalari sifatida jo`natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo`natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo`lmagan qismi qoplab beriladi;

➖davlat mulki bo`lgan moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug`ullanish uchun faqat Milliy katalog va Reestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

➖2024 yil 1 martgacha “Yangi O`zbekiston” bog`iga tutash hududda 0,3 gektar er uchastkasida namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o`z ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etiladi va har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha joylar ijaraga beriladi. 

    Boshqa yangiliklar