AsosiyJamiyat

Kuchli shamol va yomg`ir tufayli Andijon, Namangan hamda Farg`ona viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda

'Kuchli shamol va yomg`ir tufayli Andijon, Namangan hamda Farg`ona viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda'ning rasmi

Kuchli shamol va yomg`ir tufayli Andijon, Namangan hamda Farg`ona viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Namangan va Farg`ona viloyatlarida sodir bo`layotgan kuchli shamol hamda yomg`ir natijasida soat 18:35 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`chirildi.

Buning natijasida Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, Kosonsoy, To`raqo`rg`on va Namangan tumanlarining;

Farg`ona viloyatining So`x, Furqat, Buvayda,  Uchko`prik va Quvasoy tumanlarining ayrim hudularida elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Andijon viloyatida kuchli shamol va yomg`ir natijasida soat 19:52 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`chirildi.

Buning natijasida Paxtaobod, Andijon, Marhamad, Qo`rg`ontepa va Andijon tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta`minotida uzilish kuzatilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar