Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida erkak qarovsiz qolib, tanasini qurtlar bosib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Viloyat prokuraturasi mazkur erkak vafot etganini ma`lum qildi.
Zomin tuman Dashtobod shahar tibbiyot birlashmasining tuman IIBga bergan xabariga ko`ra, fuqaro A.U. 9 iyun kuni vafot etgan. Patologik-anatomik tadqiqotining dastlabki xulosasida, fuqaro A.U.ning o`limiga o`tkir jigar va yurak qon tomir etishmovchiligi, jigar sirrozi kasalligi sabab bo`lgani ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Zomin tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






