AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining ayrim hududlarida yana vaqtincha "svet" o`chiriladi

'Toshkent shahrining ayrim hududlarida yana  vaqtincha "svet" o`chiriladi'ning rasmi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida vaqtincha elektr energiyasi ta`minoti to`xtatiladi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, elektr energiyasi ta`minoti tizimi barqaror va uzilishlarsiz ishlashini ta`minlash maqsadida, ayni kunlarda poytaxtning turli hududlarida kabellarni yangilash, transformatorlarni ta`mirlash va aholi murojaati asosida tizimda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida rejali rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Shu sababli ba`zi hududlarda vaqtincha elektr energiyasi ta`minoti to`xtatilmoqda.

  •  Qushbegi, Sputnik-4 dahalarida;
  •  Chilonzor-6, Uchtepadagi 15 mavzelarda;
  •  8-mart, Hamal, Sariko`l 2-tor, Savr, Abadiyat, Fidokor, Ibrat, Murabbiy, Kichik Mirobod, Yangihayot, Darxon, Ilg`or, Xonariq, Chinor, Donishmand, Iftixor, Chashma, Shavkat, Shahsanam, Latofat, Bunyodkor, Jambil, U.Nosir, Yashin, Tadbirkor, Afrosiyob, Dilxush, Baxtlik 2-tor, Do`mbirobod, Hisor, Kulolqo`rg`on, Shahriston ko`chalarida.

 

Bugun ertalab Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridagi bir qator ko`chalari ham 10:00 dan 17:00 gacha elektr ta`minotidan uzilishi ma`lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar