AsosiyJamiyat

Toshkentda o`qituvchini kaltaklaganlarga jinoiy ish ochildi

'Toshkentda o`qituvchini kaltaklaganlarga jinoiy ish ochildi'ning rasmi

Avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 62-maktabning informatika fani o`qituvchisi o`quvchining yaqinlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. Holat bo`yicha shahar IIBB qo`shimcha ma`lumot e`lon qildi.

Qayd etilishicha, maktab o`qituvchisi va o`quvchi o`rtasidagi o`zaro kelishmovchilik sababli kelib chiqqan mojaro natijasida o`qituvchi tan jarohati olganligi holati yuzasidan Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

“Jinoyat ishi Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Tergov yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi va aybdor shaxsga nisbatan qat`iy chora ko`rilishi ta`minlanadi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar