AsosiyDunyo

Ozarbayjon Ukrainaga navbatdagi gumanitar yordamini yubordi

'Ozarbayjon Ukrainaga navbatdagi gumanitar yordamini yubordi'ning rasmi

Ozarbayjondan Ukrainaga yana bir insonparvarlik yordami jo`natildi.

Trend xabariga ko`ra, insonparvarlik yordami Ukraina tomonining murojaatini inobatga olgan holda prezident Ilhom Aliev topshirig`i bilan tashkil etilgan.

Gumanitar yuklar suv quvurlari, nasoslari, qutqaruv jiletlaridan iborat.

Shu bilan birga, Ukrainaga qutqaruv ishlarida qatnashadigan texnika va kemalar uchun mo`ljallangan 20 tonna yoqilg`i jo`natilgan.

Eslatib o`tamiz, gumanitar yuk Bokudan Polshaga, u erdan esa Ukrainaga samolyotda etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar