AsosiyDunyo

Moskva Tokioning Kievga harbiy texnika etkazib berish qaroridan norozi

'Moskva Tokioning Kievga harbiy texnika etkazib berish qaroridan norozi'ning rasmi

Yaponiya hukumatining Ukrainaga harbiy texnika etkazib berishni boshlash haqidagi qarori munosabati bilan Yaponiyaning Moskvadagi elchisi Toyoxisa Kozuki Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda 9 iyun, juma kuni Rossiya TIV matbuot xizmati ma`lum qildi.

“9 iyun kuni Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari A.Yu.Rudenko Yaponiya hukumatining Ukrainaga harbiy texnika (zirhli) etkazib berishni boshlash to`g`risidagi qarori munosabati bilan Yaponiyaning Rossiyadagi elchisi T.Kozukini  chaqirdi”, — deyiladi xabarda.

Yaponiya tomoniga bu qadam jangovar harakatlar kuchayishini yanada oshishiga olib kelishi aytilgan.

Bosh vazir Fumio Kisida ma`muriyati shu bilan ukrainalik "terrorchilar"ning Kievga berilgan harbiy texnikadan faol foydalangan holda jinoiy harakatlari natijasida tinch aholi, jumladan, Rossiyaning chegaradosh hududlarida halok bo`lganlar uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olishga tayyor bo`lishi kerakligi ta`kidlangan.

Bu qaror bilan Tokio ikki tomonlama munosabatlarni yanada xavfli boshi berk ko`chaga olib chiqmoqda, bunday harakatlar jiddiy oqibatlarsiz qolishi mumkin emas, deya ogohlantirgan Rossiya TIV.

 

    Boshqa yangiliklar