AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda fuqaro o`zi tashlagan chiqindilarni yig`ib oldi va 3 million 300 ming so`m jarima ham to`ladi (video)

'Yangiyo`lda fuqaro o`zi tashlagan chiqindilarni yig`ib oldi va 3 million 300 ming so`m jarima ham to`ladi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati, Yangiyo`l shahrining Yangibog` MFY hududida chiqindi tashlash bilan bog`liq huquqbuzarlik sodir bo`ldi. Bu holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o`rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.

Ma`lum bo`lishicha, fuqaro S.T. belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning  91-prim 1-moddasi 3-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzar o`zi tashlagan chiqindini o`zi tozalagan va unga 3 300 000 so`m miqdorida jarima tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar