Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar bermoqda.
Toshkent shahar Sergeli tumani “Mehrigiyo” MFY, Sergeli 7 mavzesi hududida joylashgan ATS oldidan o`tgan o`rta bosim D-57 mm gaz quvurini tartibga keltirish ishlar hamda Chilonzor tumani “Bog`zor” MFY 7 mavze 44 uy oldidagi er osti D-57 o`rta bosim gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan.
Ushbu ishlarni bajarishda 2023 yil 8 iyun kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Aholi iste`molchilar:
- Sergeli-6 mavzesi “Mehrigiyo” MFYda jami 23 ta ko`p qavatli uylardagi 2587 ta xonadon
- “Lutfiy” va “1-Qatortol” MFY lardagi jami 400 ta erli xonadonlar.
- “Bog`zor” va “Oqtepa” MFY larning ko`p qavatli uylardagi jami 3430 ta xonadon
Ulgurji iste`molchilar:
- Sergeli-6 mavzesi “Mehrigiyo” MFYda jami 15 ta ulgurji iste`molchilar.
- “Bog`zor” MFY hududidagi jami 18 ta ulgurji iste`molchilar.
"Etkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" GTF iste`molchilardan uzr so`raydi" deyiladi xabarda.






