AsosiyDunyo

AQSh Kaxovka to`g`onining portlashi oqibatlarini aniqlashga kirishdi

'AQSh  Kaxovka to`g`onining portlashi oqibatlarini aniqlashga kirishdi'ning rasmi

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo`yicha koordinatori Jon Kirbining aytishicha, Qo`shma Shtatlar Kaxovka GESining vayron bo`lishi uchun kim javobgar ekanligini hozircha bilmaydi. Hozir AQSh rasmiylari to`g`onning qulashi oqibatlarini aniqlashga harakat qilmoqda.

"To`g`onni portlashiga javobgar Rossiya  ekanligi haqidagi xabarlarni ko`rdik", - degan Jon Kirbi. – Bu xabarlarni baholash uchun qo`limizdan kelganini qilamiz. Ukrainaliklar bilan ko`proq ma`lumot to`plash uchun ishlayapmiz. Hozir nima bo`lganini aniq ayta olmaymiz”, — deya qo`shimcha qilgan u.

Eslatib o`tamiz, 6 iyun kuni erta tongda Kaxovskaya gidroelektr stansiyasi to`g`onining bir qismi qulab tushdi. Novaya Kaxovka, Aleshki va qisman Xerson shaharlari suv ostida qoldi. Dneprga 150 tonna dvigatel moyi to`kildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 35 dan 70 tagacha aholi punktlarini suv bosishi, shuningdek, Dnepropetrovsk, Zaporoje va Xerson viloyatlarida ichimlik suvi bilan bog`liq “katta muammolar” haqida ogohlantirdi.

Rossiya va Ukraina bir-birini GESni portlatishda ayblamoqda. Evropa Ittifoqi ham Rossiyani to`g`onni portlatganlikda ayblaydi. Versiyalardan biriga ko`ra, to`g`on avvalgi shikastlar tufayli qulagan bo`lishi mumkin. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, Ukraina muvaffaqiyatsiz hujumi tufayli Kaxovka GESida terakt uyushtirgan. Ukraina rasmiylari Rossiyaning Kaxovka GESini bombalashi Ukraina Qurolli kuchlarining hujum rejalarini o`zgartirmasligini aytgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar