Joriy yilning 5-8 iyun kunlari O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi haqida xabar bergan edik.
Ertaga, 6 iyun kuni Respublika bo`ylab havo harorati 42 darajagacha ko`tariladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 20-25 darajada, cho`l hududlarda 28 darajagacha iliq, kunduzi 37-42 darajada issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 darajada issiq bo`ladi.
Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 darajada iliq, kunduzi 37-42 darajada issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 darajada iliq, kunduzi 23-28 darajada issiq bo`ladi.






