Oliy Majlis Senatining qirq birinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masala ham ko`rib chiqildi.
Senatning 2023 yil 2 iyundagi Qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga quyidagi o`zgartirishlar kiritildi:
- Nurali Javliev (1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, Toshkent shahar ma`muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan),
- Nodirjon Xadjimatov (1983 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan, Farg`ona viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan),
- Sharofiddin Boliev (1982 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan, Jizzax viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimida ishlagan),
- Durdonaxon Abdukaxarova (1980 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimida ishlagan),
- Abatbay Ayapov (1984 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida tug`ilgan, Qoraqalpog`iston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimida ishlagan),
- Elbekjon Turgunboev (1983 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi lavozimida ishlagan),
- Lutfulla Mamarajabov (1980 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan, Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudyasi lavozimida ishlagan),
- Zoir Rustamov (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan, Surxondaryo viloyatining iqtisodiy ishlar bo`yicha sudyasi lavozimida ishlagan),
- Feruz Rajabov (1983 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan, Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo`yicha sudyasi lavozimida ishlagan) o`n yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.






