AsosiyJamiyat

Qoraqolpog`istonning Xo`jayli tumanidan o`tuvchi gaz quvurida yong`in sodir bo`ldi (video)

'Qoraqolpog`istonning Xo`jayli tumanidan o`tuvchi gaz quvurida yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz quvuri yonayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat kecha, 4 iyun kuni soat 19:00 atrofida Qoraqalpog`istonning Xo`jayli tumanida yuz bergan.

 

Tuman hokimligi axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, yong`in Xo`jayli tumanining “Janga jap” OFY hududidan o`tuvchi, Nukus shahrini gaz bilan ta`minlovchi 530 diametrli gaz quvuridan gaz sizib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan.

“Urgenchtransgaz” jamiyatiga tegishli gaz quvurida gaz to`xtatilib, yong`in o`chirilgan. Hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati etmagan. Yong`inning asl sabablari va zarar miqdori hozircha ochiqlanmadi.

    Boshqa yangiliklar