AsosiyJamiyat

O`zbekiston TIV rahbari Hakan Fidanni Turkiya Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi

'O`zbekiston TIV rahbari Hakan Fidanni Turkiya Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hakan Fidanni Turkiya Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani bilan qutladi. Vazirning yozishicha, u Turkiya siyosatchisini telefon orqali tabriklagan.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov Hakan Fidan janoblarini O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi. 

"Mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlashga qaratilgan ulkan kun tartibiga alohida to`xtalib o`tdik va O`zbekiston-Turkiya aloqalarni yanada rivojlantirish uchun barcha sa`y-harakatlarimizni safarbar etishga tayyorligimizni qayd etdik",- deydi O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

    Boshqa yangiliklar