FVV Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, bugun, 4 iyun kuni soat taxminan 07:20 larda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Kattao`ra” MFY “Kon” qishlog`i hududi “Maydanak” va “Qiziltepa” yo`nalishining 38 km.da harakatlanib ketayotgan Damas rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan. Natijada, mashina daraga ag`darilib ketgan.
YTH oqibatida, avtomashinada bo`lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlar bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan.






