O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar Yashnobod tumani bo`limi xodimlari tomonidan va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkentda 10 ming dollar evaziga Haj vizasi qilib bermoqchi bo`lganlar qo`lga tushdi.
Tadbirda, "A.K." MChJ rahbari “A.M.” va jamiyat xodimlari “I.I.”, "M.X."lar bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro “T.I.”ning ishonchiga kirib, uni aldab, unga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 10.000 AQSh dollari evaziga “Haj” ziyoratini amalga oshirish uchun “Haj vizasi” qilib berishni va`da qilib, shundan 3.000 AQSh dollarini olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Yashnobod tumani bo`limi tomonidan fuqarolar “A.M.”, “M.I.", "A.M." va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi "b" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.






