Navoiy viloyatining Karmana tumanida iste`molga yaroqsiz go`sht mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Karmana tumanida joylashgan Samarqand YPX maskanida Lasetti rusumli avtomashina to`xtatilgan. Asli buxorolik 30 yoshli fuqaro harakatlanib kelayotgan mashina yukxonasida va yo`lovchi o`rindig`i ustida iste`molga yaroqsiz 10 bosh qo`y go`shti borligi aniqlangan.
Mahsulot tashish qoidalariga zid, shuningdek hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgani sababli fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko`rildi.






