FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berishicha, Afg`onistonda Toshkent vaqti bilan 12:53 da zilzila sodir bo`ldi.
Xabarda aytilishicha, 03.06.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 12:53 da (03.06.2023 yil, Grinvich bo`yicha 07:53 da) Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 35,9 gradus shimoliy kenglik; 69,29 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 597 km janubiy-sharqda.






