AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ko`z to`r pardasini ko`chirib o`tkazish jarrohlik amaliyoti joriy etilishi mumkin

'O`zbekistonda ko`z to`r pardasini ko`chirib o`tkazish jarrohlik amaliyoti joriy etilishi mumkin'ning rasmi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida xalqaro miqyosda simpozium bo`lib o`tdi.  Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda AQSh, Buyuk Britaniya, Shveysariya va O`zbekistonning professor olimlari o`zlarining ilmiy ma`ruzalari bilan ishtirok etdi.

Simpoziumda britaniyalik professorlar  ko`p yillik tajribasi bilan bo`lishdi. Ko`zning to`r pardasini muvaffaqiyatli ko`chirib o`tkazish bo`yicha bu vaqt mobaynida qanday tekshiruv va tadqiqotlar o`tkazilgani haqida ma`lumot berdi.

— Ilgari bu borada gap ketganda "umuman iloji yo`q", der edik. Ko`p yillik ilmiy izlanishlar natijasida buning imkoni borligi isbotlandi, — deydi markaz direktori Azamat Yusupov. —  Endilikda ushbu laboratoriyalarning qanday tashkil etilgani, ularni O`zbekistonda ham joriy etish bo`yicha o`rganish olib borishni reja qildik. Agar bu amaliyot mamlakatimizda ham qo`llana boshlansa, to`r parda bilan bog`liq kasalliklar tufayli ko`rish qobiliyatidan mahrum bo`lgan bemorlar dunyoni yana o`z ko`zlari bilan qayta ko`ra oladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar