Bugun, 31 may kuni soat 05:11 da Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumani “Bobotog`” MFY, Mustaqillik ko`chasida joylashgan 2 qavatli aralash mollar savdo do`koni 2-qavatining 85 kv.m maydonida shift qismi yonib zararlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Yong`inga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji 05:14 da etib borib, soat 05:19 da o`rab olingan va 06:40 da o`chirilgan.
Yong`indan savdo do`konining 1-qavati hamda 200 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






