Avval xabar berganimizdek, ayni paytda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o`n birinchi s`ezdi bo`lib o`tmoqda.
Unda qayd etilishicha, mol-mulk va er soliqlari mahallada qolishi hisobiga, mahalla byudjetida yiliga 3 trillion so`m mablag` paydo bo`ladi.
Kelgusi yilda "Ochiq byudjet"ga beriladigan mablag` esa, 3 karra oshirilib, 24 trillion so`mga etkaziladi.
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi.






