Avval xabar berganimizdek, ayni paytda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o`n birinchi s`ezdi bo`lib o`tmoqda.
Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashmoqda.
Unda qayd etilishicha, nomzodning yo`l-transport sohasidagi rejalari quyidagicha:
- aviaqatnovlar soni 4 marta oshiriladi;
- Toshkent – Samarqand, Navoiy – Buxoro yo`nalishlarida qo`shimcha tezyurar temir yo`llari quriladi;
- temir yo`l sohasiga xususiy sektor jalb qilinib, xizmatlar sifati raqobatbardosh narxlar asosida belgilanadi;
- 6 ta yirik aeroport modernizasiya qilinadi, xususiy aviakompaniyalar soni 10 taga etkaziladi;
- 2030 yilga qadar tuman markazlaridan har bir qishloqqacha – jami 5,5 ming kilometr sement-beton yo`llar quriladi va jamoat transporti bilan to`liq qamrab olinadi.
- Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg`ona vodiysi yo`nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo`llari quriladi.
Eslatib o`tamiz, Rossiyalik bloger Ilya Varlamov “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati xizmat ko`rsatish sifatini tanqid qilgan edi.






