AsosiyJamiyat

O`zbek-Qirg`iz chegaracidagi devor buzib tashlandi

'O`zbek-Qirg`iz chegaracidagi devor buzib tashlandi'ning rasmi

O`zbekiston tomoni Qirg`iziston bilan chegaradagi devorni buzib tashladi. Kaktus.media’ning yozishicha, tasvirlar Qirg`izistonning Jalolobod viloyati va O`zbekistonning Andijon viloyati chegarasida suratga olingan.

Qirg`iziston chegara xizmatiga ko`ra, O`zbekiston tomoni 2010 yilda bir tomonlama berkitilgan “Bekobod—Xonobod” o`tkazish punktlari devorlarini buzib tashlayapti. O`shanda O`sh viloyatiga o`tuvchi “Qorasuv” va “Qorabag`ich” o`tkazish punktlari ham berkitilgan edi.

Ta`kidlanishicha, mazkur chegara nazorat o`tkazish punktlarining barchasi yaqin orada ochiladi. Qirg`iziston tomoni ham bu punktlar orqali fuqarolarning o`tib-qaytishini qayta boshlashga to`liq tayyor.

    Boshqa yangiliklar