AsosiyJamiyat

Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ushbu yo`l-transport hodisasi bugun, 29 may kuni soat 12:30 atrofida Yunusobod tumani Moyqo`rg`on ko`chasida Malibu 2, BYD Song, VAZ 2105, Lacetti, Nexia 3 va Zil rusumli yuk avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar