AsosiyJamiyat

Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bo`limi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 6 ta mashina bir-biriga urilib, avariya bo`lganini ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, bugun 29 may kuni soat 12:30 larda tumanning Moyqo`rg`on ko`chasida  Malibu 2, BYD SONG,  VAZ 2105, Lacetti, Nexia 3 va Zil bir-biriga to`qnashgan. 
Ularning boshqaruvida:

Malibu 2 —  2001 yilda tug`ilgan S.N.;
BYD SONG — 1974 yilda tug`ilgan M.A.;
 VAZ 2105 — 1986 yilda tug`ilgan M.X.;
Lacetti  — 1988 yilda tug`ilgan B.Z.;
Nexia 3 — 1996 yilda tug`ilgan M.A.;
ZIL — 1995 yilda tug`ilgan R.S. lar bo`lgan.

Xabarga ko`ra, ushbu YTH natijasida tan jarohat olgan yo`q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar