AsosiyJamiyat

Respublika bo`yicha 3 yil davomida bosqichma-bosqich 200 ta akselerometr o`rnatiladi

'Respublika bo`yicha 3 yil davomida bosqichma-bosqich  200 ta akselerometr o`rnatiladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi markaz boshlig`i Qahramon Qo`chqorov ma`lum qildi.
Joriy yilning 16 may kuni “O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xam qator vazifalar belgilab berildi, Jumladan:
1. 2023 yil 1 dekabrdan boshlab xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integrasiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma – bosqich ishga tushirilishi belgilanmoqda. 
Bunda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi etuk va malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantiriladi.
Ishchi guruh tomonidan erta ogohlantirish tizimi yaratishda xalqaro tajribalar o`rganilib, ko`p davlatlarda ko`llanib kelayotgan tizimlar tatbiq etiladi.
Xozirda faoliyat yuritayotgan 45 ta seysmik stansiyalardan tashqari, 3 yil davomida bosqichma-bosqich respublika bo`yicha 
200 ta akselerometrlar o`rnatilida. 
2. 2023 yil 1 avgustdan boshlab “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” joriy etiladi.
Bunda, elektron platforma ishlab chiqish uchun Suv xo`jaligi vazirligi, “O`zbekgidroenergo” AJ, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi malakali mutaxassislari jalb qilinadi.
Mutaxassislar tomonidan xorij tajribasini o`rgangan holda platformaning asosiy vazifalari va funksiyalari, texnik topshirig`ini ishlab chiqiladi.
Respublika hududidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimi shakllantiriladi.
Qarorda alohida urg`uni aholini zilzilaga tayyorlashga qaratilmoqda. 
Shulardan kelib chiqib, 2023 yil 1 iyundan boshlab “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida har yili reja-grafik asosida respublikaning barcha hududlaridagi mahallalarda aholi ishtirokida zilzila bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qo`mondonlik-shtab, maxsus-taktik va ob`ekt o`quv mashqlari o`tkazib borish belgilandi.
Bunda, mahallalar aholisi ishtirokida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining zilzila bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorgarligini oshirib borishga;
ta`lim tashkilotlarining o`quvchi va talabalarini zilzila oqibatlaridan o`zini o`zi muhofaza qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko`rsatish usullariga o`rgatishga;
ko`p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarni o`zboshimchalik bilan binolarning tayanch ustunlarini buzish va boshqa konstruksiyalarga o`zboshimchalik bilan o`zgartirish kiritish holatlarining oldini olish bo`yicha targ`ibot ishlarini olib borishga alohida e`tibor qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar