2023 yilning 1 may holatiga Soliq qo`mitasiga jami 359,9 mlrd so`mlik 133 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
- soliq auditi bo`yicha - 142,2 mlrd so`mlik 70 ta;
- sayyor soliq tekshiruvi bo`yicha - 217,7 mlrd so`mlik 63 ta.
Natijada:
- ️ 89,1 mlrd so`mlik 13 ta murojaatda soliq to`lovchining pozisiyasi qanoatlantirilgan (shundan 40,3 mlrd so`mlik 11 tasi qisman);
- ️ 237,2 mlrd so`mlik 104 ta murojaat bo`yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o`z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
- ️33,6 mlrd so`mlik 16 ta murojaat bo`yicha o`rganish davom etmoqda.






