Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 27-32° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat 28-30° bo`ladi.
Tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat 17-22° bo`ladi.
23.05.2023 08:57
23 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi






